Xiva Ipakchilik Ustaxonalari
Agar bizning ustaxonalarimizga tashrif buyurilmasa, Xivaga uyushtirilgan har qanday safar yakunlanmagan hisoblanadi. Bizning ustaxonalarimizga tashriy buyurgan juda ko'p sayyohlar o'z yurtlariga qaytib borgandan so'ng, ularning ustaxonalarimizga bo'lgan tashrifi O'zbekistonga uyushtirgan safarlarining eng esda qolarli onlaridan biri bo'lganligini aytib kelishmoqda. Ustaxona faoliyatini tomosha qilish uchun eng yaxshi vaqt bu ish kunlari bo'lib, soat 9dan 6gacha, turistlar tashrifi ko'p bo'lgan mavsumda ba'zi ishchilar yakshanba kunlari ham ishlashadi. Aprel oyidan Oktyabr oyigacha (va boshqa belgilangan vaqtlarda) ingliz tilida gapiruvchi gid siz uchun bepul tomosha uyushtiradi.
Ota Darvozadan o'tganingizdan so'ng (turistlar uchun asosiy darvoza) asosiy (katta) ko'cha bo'ylab yuring. Kalta Minor va musiqa madrasalaridan o'tib o'ngga buriling. So'l tomoningizda 30 metrlar masofada gilam to'qish ustaxonasi joylashgan. Suzana markaziga borish uchun esa, gilam to'qish ustaxonasi joylashgan ko'cha ohiridagi arkadan o'ting va o'ng tomonga buriling, belgi bo'ylab boravering.