Xiva Ipakchilik Ustaxonalari
Katorlar to'qib bo'lingandan so'ng, qizlar gilam bo'ylab gorizontal weft ip to'qib chiqishadi. So'ngra u to'quvchi tarog'i yordamida qattiq urib matkamlanadi. Agar ushbu jarayon bajarilmasa, dizayn buziladi va gilamda to'g'ri proportsiya bo'lmaydi.
Yangi to'qilgan qator maxsus gilam qaychisi yordamida tekislanadi. To'quvchi qizlarning bajarayotgan ishi oson tuyulishi mumkin, lekin juda katta mohirlik talab etadi. Tekislanib bo'lingandan so'ng, qoldiq iplar qirqib tashlanadi va keyingi qatorni to'qishga tushiladi.
O'rtacha o'lchamdagi gilamni to'qish uchun uchta to'quvchi qizga uch oy kerak bo'ladi. Tayyor bo'lgandan so'ng, gilam to'qish dastgohidan qirqib olinadi va yollari tugiladi. So'ngra ipak qoldiqlari va junlardan tozalash uchun gilamning orqa tarafini bizrozgina kuydiramiz, ushbu jarayon har doim tashrif buyurgan shaxsda havotir uyg'otadi!
Yangi to'qilgan gilam unchalik yaxshi yarqiramaydi va uni yaxshilab yuvishga to'g'ri keladi. Ortiqcha yunglarni yo'qotish uchun biz uni bikx kremi va so'ng shampun' va bal'zam bilan yuvamiz. Ortiqcha suv yog'och plita yordamida ishqalanib siqib tashlanadi.
To'qish jarayonida gilamlarning ortiqcha yungi to'xtovsiz ravishda kaltalanib turilsada, ularning yuzasi birozgina notekis bo'ladi va ish yakunida so'nggi marotaba bir hil tekislikda kaltalanadi. Bu juda qiyin ish bo'lib natijada qo'llar mog'or bosib ketadi, yaxshiyamki qizlarning ko'pchiligi bu ishni faqat uch oyda bir marta bajarishadi. Mana endi gilam baholashga va sotuvga tayyor.