Xiva Ipakchilik Ustaxonalari
Ranglarimizni mavjudligiga qarab ularning narxi bir - biridan farq qiladi. 'Barkh', piyoz po'stlog'lari aralashmasi, tok va bexi barglari bilan to'q yashil rangni beradi va buni tayyorlash bizga juda arzonga tushadi, chunki maxsulotlarning barchasini tomonqamizdan topish mumkin. Anor po'stlog'ini ko'p va uni topish juda engil, u to'q oltin rangni xosil qiladi.
Indigo Avg'oniston orqali Xindistondan keltiriladi va juda qimmat turadi. Hozirda biz o'zimizning indigomizni o'stirishga harakat qilyapmiz. Barglari fermentlangandan so'ng, ochiq ko'k rang chiqaradi. Qizig'i shundaki, hech narsa yashil rangni chiqara olmaydi, shuning uchun biz dastlab sariq rangga bo'yaymiz va so'ng ko'k rangga bo'yaymiz. Ketma - ket tarzda yashil rang chiqarish juda murakkab.
Royan o'simligining tomiri quritiladi va kukuni olinadi, undan turli qizil ranglar olinadi. Unchalik kuchli bo'lmagan ranglar vannasi krem va shaftoli tonini beradi, kuchli ranglar vannasi esa to'q sariq va och qizil ranglarni beradi. To'q qizil rangni olish uchun biz eman zardobiga tabiiy temir oksidini aralashtiramiz, temir oksidining o'zi hech qanday rang bermaydi, lekin royan tomirini ocharadi va undan to'q va och qizil ranglarni olish mumkin bo'ladi. Bunga yana zok ham qo'shish mumkin, u holda to'q qizil rang hosil bo'ladi.
+uritilgan yong'oq po'stlog'i ko'plab tabiiy sarg'ish jigarrang rang beruvchi losionlarda ishlatiladigan sirli maxsulotdir va u ipak, hamda teriga jagarrang rang beradi. To'q ko'k rangni olish uchun biz asosan zokdan foydalanamiz. Ushbu topish qiyin bo'lgan oltingugurtli melni biz Avg'onistondan olib keltiramiz. Geroinga o'xshash bo'lganligi uchun, uni chegaradan olib o'tish juda katta mashaqqat tug'diradi. Uning o'zi hech qanday rang bermaydi, lekin oxak toshlari va anor po'stlog'i bilan aralashtirilganda tungi ko'k rangni xosil qiladi. Anor o'rniga tuz ishlatilsa, och kulrang ko'k rangni xosil qiladi. Qora rangni olish uchun, jigarrang ipak o'ramlarini ko'k rangga bo'yaymiz. Temir oksidi ajoyib qora rangni xosil qiladi, lekin u juda emiruvchandir.