Xiva Ipakchilik Ustaxonalari
Biz sotib olganimizda shoyi serosin bilan, pillani ushlab turish uchun ipak qurti ajratuvchi protein elim, qoplanganligi uchun shoyi ipakdan ko'ra otning yoliga o'xshaydi. Siz elimlashdan oldingi va so'ngi shoyini ko'rib ularnin farqini ajratishingiz mumkin.
Shoyini elimlash va so'ngra yuvish uning rangini ochadi, yumshoqroq, yaltiroq holga keltiradi va nihoyat shoyiga o'xshatadi. Shoyini elimlash uchun biz cho'lda uchrovchi qirq bo'g'im o'simligini yondiramiz va uning ishqor deb nomlanuvchi kulini olamiz. So'ngra uni issiq suvga aralashtiriladi va serosinni yo'qotish uchun shoyi shu ishqor suvda chayiladi. Shundan so'ng qirg'ichdan o'tkazilgan bozor sovuni aralashtirilgan bochkada qaynab turgan suvga solinadi va yuviladi.
Shoyi bo'yalgunga qadar yana bir jarayon mavjud, bu ham bo'lsa singdirishdir (mordanting). Cingdirish (mordant) so'zi lotincha "tishlash" so'zidan olingan bo'lib, bu jarayon ranlarga shoyi ichiga kirib yaxshi joylashishga yordam beradi. Ushbu jarayonda biz miniral tuz achchiq toshdan foydalanamiz. Shoyi o'ramlari issiq achchiqtoshli suvga solinadi va bir kecha shu ishqor suvda qoldiriladi.
Ranglar alohida - alohida bochkalarda tayyorlanadi (ranglar qo'shilib ketishini oldini olish uchun) va turli temperaturagacha qizdiriladi (qattiq sir saqlanadi). So'ngra shoyi o'ramlari bochkalarga solinadi va rang yaxshi o'rnashishi uchun ishlov beriladi. Shundan so'ng, sovush uchun bir kecha qoldiriladi.
Bo'yalgandan so'ng, shoyi o'ramlari qurish uchun osib qo'yiladi. So'ngra ular yana bir bor yuviladi, quritiladi va shoyini yumshatish va undan ortiqcha rang qoldiqlarini yo'qotish uchun shoyi devorga qattiq uriladi. Shundan so'ng shoyi o'ramlari to'qish uchun tayyor bo'ladi.