Xiva Ipakchilik Ustaxonalari
Quyida ustaxonada faoliyat yuritayotgan shaxslar va ular haqida xikoyalar keltirilgan.
Madrim: Ustaxona direktori va bo'yoqchi katta usta
Ustaxonada ish boshlashimdan oldin Xonning saroylarini qayta ta'mirlash bilan shug'ullanar edim, lekin byudjet tang ahvolga kelgandan so'ng ishdan bo'shadim. Men ham, boshqa hamshaxarlarim singari Qozog'istonga ishlash uchun bordim, lekin oilamdan uzoqda bo'lish menga yoqmadi. Menga ipakchilik ustaxonasida ishlash yoqadi, ayniqsa ushbu ishlarni tashkillashtirib ko'plab maxalliy oilalarning hayotida ijobiy o'zgarishlarga sababchi bo'layotganimiz.
Safargul: Gilam to'qish bo'yicha katta usta, dizayner va jamoa a'zosi.
Men besh yil mobaynida qo'lda gilam to'qiganman va ustaxona ochilganda gilam to'qish bo'yicha bosh usta sifatida ustaxonaga taklif qilinganman. Menga bu erda ishlash juda yoqadi, lekin har doim ham oson emas. Masalan, ba'zida qizlar o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelib turadi, boshqaruv qo'mitasining a'zosi sifatida ushbu kelishmovchiliklarga barham berish kerak bo'ladi. Menga ayniqsa yangi dizaynlarni chizish yoqadi.
Sharofat: Suzana to'quvchi
«Operation Mercy» va «UNESCO» ustaxonani boshlashayotganda, ular bizning jamoa rahbarimiz bilan suhbatlashishdi va u ularni bizning uyimizga jo'natdi. Mening umr yo'ldoshim va o'zim nogironmiz va biz hukumatdan olayotgan nafaqa kichik bo'lgani uchun hayotimiz juda og'ir edi. Ular meni gilam to'qish ustaxonasiga taklif qilishdi va men u erda 3 yil ishladim. Hozirda esa, suzana to'qish ustaxonasida suzana to'qish bilan shug'ullanaman. Menga bu juda yoqadi, chunki biz kichik xonada qizlar bilan gurung qilib ishlaymiz. Men ustaxonadan juda minnadorman.
Davlat: Bo'yoqchi
Men gilam to'qish ustaxonasida ustaxona ochilgandan beri ishlayman va tabiiy bo'yash maxoratini o'rganib kelmoqdaman. Menga ishim juda yoqadi. Yoz oylarida biz barvaqt turishimiz kerak, chunki kun yarmida havo juda issiq va ishlash qiyin, lekin buning yaxshi tomoni kun issiq paytida uyiga borib oilam bilan birga bo'lish imkoni tug'uladi.