Xiva Ipakchilik Ustaxonalari
Ushbu dizaynlar 15 asr miniatyuralaridan olingan bo'lib, sheriyat va tarixiy kitoblarining nushalariga bezak berish uchun ishlatilgan. Bizning dizaynlarimizning bir qanchasi 500 yil ichida birinchi marta qayta jonlantirildi va biz Qirollikning Osiyoshunoslik Jamiyati va Britaniya Kutubxonasiga ushbu miniatyuralarnig asl nushalaridan foydalanishga ruhsat berishgani uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
16 asr gilamlarini dunyo muzeylarida uchratib bo'lsada, 15 asr gilamlari vaqt sinovi va yoqlar talabiga javob bera olmadi. Natijada sof saqlangan Temuriylar davri gilamlari mavjud emas. Shunday bo'lsada, bir nechta fragmentlar (parcha) saqlanib qolgan. Ularning eng mashhurlari Gretsiyaning Benaki Muzeyida saqlanmoqda. Biz manashu parchalardan foydalangan holda ularni qayta jonlantirdik. Fragmentlarda (parcha) o'dimalar (gilam chetlari) mavjud bo'lmaganligi sababli biz betakror tasvirlarni yuzaga keltirish uchun boshqa Temuriylar o'dimalaridan (gilam chetlari) foydalandik. Ushbu dizaynlardan foydalangan holda bir nechta suzanalarni ham yaratdik.
Ushbu bir necha fragmentdan (parchalar) tashqari miniatyuralarning o'zlari ham Temuriylar gilamlari uchun manba vazifasini bajaradi. Akvarel yordamida hayvon terisiga chizilgan va oltin suvi bilan qoplangan miniatyuralar kitobxona deb nomlanuvchi ustaxonalarni bezab turgan, ularda eng mohir rassomlar va hunarmandlar ramkalar va qo'lda yozilgan kitoblarni yaratishgan.
Musulmonlarning tasviriy san'atga bo'lgan salbiy qarashlarini inobatga olgan holda, miniatyura yaratuvchilar ushbu qarashga qarshi chiqmaslik uchun miniatyura markaziga umuman inson qiyofasini chizishmagan, aksincha ushbu joy xudo uchun saqlab qo'yilgan va miniatyuralarni minora nuqtai nazaridan turib chizishgan. Gilamlarni yuqoridan turib ko'rinishi biz uchun juda qo'l keldi, chunki bunday holda ularni qayta tiklash ancha osonlashadi. Biz bu dizaynlarni grafik qog'ozga tushiramiz va so'ngra to'qiymiz. Mana shu yo'sinda Temuriylar gilamlarini qayta jonlantiramiz.
Temuriylar davrida Fors va Turk/Mongol dizaynlari aralashmasi yuzaga keldi va buni gilam dizaynlarida ko'rish mumkin. Shunday bo'lsada Temuriylar gilamlari ramkalari (gilam chetlari) alohida ajralib turadi. Ushbu ramkalari (gilam chetlari) Kufik yozuvlaridan olingan bo'lib, vaqt o'tishi bilan uslublashtirilgan. Ular orqali Temuriylar dizaynlarini osonlikcha ajratish mumkin.