Xiva Ipakchilik Ustaxonalari
Biz eng birinchi mayolika gilamimizni Said Allauddin qabridan ruhlangan holda tayyorlaganmiz. Ushbu qabrdagi dizayn Xivadagi eng qadimiy va eng ilohiy qabrlardan biridir. Temuriylar qayma (gilam cheti) dizaynlariga juda o'hshash bo'lgani uchun biz uni gilamga aylantirganmiz, natija juda ajoyib chiqdi.
Biz plita dizaynlarini Xonning saroylaridagi salqinlantiruvchi ayvonlaridan, madrasalarga kiraverishdan Xonning xaramidagi boy bezak berilgan devorlaridan olganmiz. Qizig'i shundaki, xaram devorlariga qoplangan plitalar osib qo'yilgan gilamlarni eslatadigan tarzda dizaynlashtirilgan bo'lib, huddi gilamlardagidek aksariyat plita dizaynlarida ichki dizayn va qalin bezak berilgan chetlari (chegaralari) mavjud.
Mozaikalardan farqli o'laroq, Xivadagi mayolika plitalari devorlarga mixlangan. Katta miqdordagi ayvonlarni qoplash uchun ko'plab plitalar kerak bo'lganligi sababli, plitalar turli o'choqlarda tayyorlangan. Yaxshiroq e'tibor berilsa, plitalarni osonlikcha yig'ish uchun ularning har biri arab raqamlari bilan raqamlab chiqilgan. Bu dizaynlar "islimi" yoki arabcha dizaynlar sifatida nom qozongan va ular aylanma chiziqlar va belgilar, g'unchalar, barglar va gullardan tashkil topgan. Bu dizaynlardan maqsad, ko'zga dam berish va aql-idrokni mustahkamlash bo'lgan. Bizning ko'plab dizaynlarimiz ayvonlardagi plitalardan olingan va ulardan havoni sovitish maqsadida foydalanilgan. Ayvon uch tomoni devor bilan o'ralgan va baland shipli inshoot bo'lib, shimoldan esayotgan shabodani tutish va uning aylanib turishini ta'minlash uchun bir tomoni shimolga qaragan bo'ladi. Bir yoki ikkita ustun ochiq tomonga chiqib turadi va ana'naviy Xivadagi uylarning barchasi huddi shunday, oila yoz oylarida bunday bezalmagan ayvonlarda yashaydi.
"Mayolika" iborasi oq, to'q ko'k va biryuza ranglari birikmasini o'zida mujassam etgan chinni buyumlar va plitalar dastlab ishlab chiqarilgan Mayorka oroli nomidan olingan. Ushbu salqinlantiruvchi rang birikmalari Shimoliy Afrikaning jazirama yoz oylarida juda mashhur bo'lgan va bir oz vaqt o'tib birikmalar Sharqqa, Islom dunyosi orqali Fors shaxriga va keyinchalik Xivaga tarqalgan.