Xiva Ipakchilik Ustaxonalari
Xivada bunday naqsh yoki namunalarni turli muzeylarda ko'plab uchratish mumkin. U chinni plitalar sifatida uchrashi mumkin, hamda o'yilgan yog'och eshiklarni ushlab turish uchun o'rnatilgan tosh plintuslarham shunday dizaynlarni namoyon etishi mumkin. O'yilgan yog'och eshiklar, bo'yalgan shiplar va hozirda gilamlar ham shu kabi dizaynlarni o'zida mujassam etadi. Bizning Xiva eshiklar va ustunlar to'plamimiz, Xiva mayolika to'plami, hamda boshqa yog'ochlarda topilgan dizaynlar bilan bir hildagi dizaynlarni namoyon etadi.
Xivadagi barcha erkaklarni sig'dirish maqsadida barpo etilgan Juma Masjidida yuzlab o'yilgan yog'och ustunlar joylashgan, ularning har biri yagonadir. Xivadagi juda ko'p saroylar, qal'alar va madrasalar o'yib ishlangan yog'och eshiklarga boydir. Hattoki qal'a bilan o'ralgan shaharning to'rt darvozalar o'zlarining o'yib ishlangan eshiklari bila qad rostlab turibdi. Bularning barchasi bizga boy dizaynlarni meros etib qoldirgan.
Yog'och dizaynlarning rangi bo'lmaganligi sababli, biz bir nechta birikmalarni sinab ko'rdi. Katalogda siz asl nushadagi yog'och o'ymalari va ularga berilgan turli rang birikmalarini ko'rishingiz mumkin. Hozirgi kunda ham Xivada juda ko'p yoshlar yog'oq o'ymakorligi, +ur'on kitobi uchun tutqich, o'yilgan doskalar va bezak berilgan qutilar tayyorlashni o'rganib kelishmoqda va bu muhim madaniyatni davom ettirib kelishmoqda.