Xiva Ipakchilik Ustaxonalari
Dizaynlarimiz ijodiy va asl nushada chiqishi uchun biz juda ko'p mehnat sarflaymiz, umid qilamizki bizning dizaynlar sizlarga manzur bo'ladi. Bizda gilamlar va suzanalarning asosan uch to'plami mavjud: Temuriylar to'plami, 15 asr miniatyuralaridan olingan dizaynlar asosida to'qilgan gilamlar va suzanalar. Xiva Mayolika to'plami, ko'zni qamashtiruvchi biryuzalar asosida tayyorlangan bo'lib, ularning oq va to'q ko'k rangdagi plitalari madrasalar, movzaleylar va Xivadagi saroylarni bezab turibdi. Va nihoyat so'ngi to'plamimiz Xiva yog'och eshiklari va ustunlari to'plami bo'lib, Xivadagi murakkab o'yib ishlangan yog'och eshiklar va ustunlarga asoslanadi. Temuriylar va Xiva Mayolika to'plamlari asl nusxada topilgan gilamlar va plitalar ranglarini o'zida mujassam etadi. Xiva eshiklari va ustunlari to'plamida ranglarga ijodkorona yondoshamiz va ko'p hollarda mijozlarning o'zlarini gilamlar va suzanalar uchun rang tanlashga jalb etamiz.
Har ehtimolga qarshi, qo'shimcha ashyolar bilan bezashga zarurat sezsangiz, biz barcha maxsulotlarimizni guruhlarga ajratib qo'yganmiz. Siz gilam bilan birga unga mos keluvchi yostiq jiltlari, yoki pardalar va dasturxonlarga buyurtma berishingiz mumkin. Quyida keltirilgan xalqalarni bosing.